Sayqalchi

Maxfiylik siyosati

Qisqasi: promptingiz tahlil uchun yuboriladi, lekin saqlanmaydi.

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 7-sentyabr

Bu sahifa sayqalchi.uz sayti va Sayqalchi Chrome kengaytmasiga tegishli. Ikkalasi ham bitta xizmat.

1. Qanday ma'lumot yig'iladi

NimaQachonSaqlanadimi
Prompt matni — siz yozgan matn Kengaytma yoqilgan bo'lsa, yozishni to'xtatganingizdan ~1 soniya keyin avtomatik; yoki «Tuzatib berish» bosilganda Yo'q
Litsenziya kaliti (pullik foydalanuvchilar) Har so'rovda, X-Licence sarlavhasida Ha
IP manzil Har so'rovda (texnik jihatdan muqarrar) Bazada faqat xesh — veb-server (nginx) logida oddiy ko'rinishda 14 kun, keyin o'chadi
Qurilma belgisi — tasodifiy UUID Kengaytma faollashtirilganda va har so'rovda (X-Device). Kompyuteringiz haqida hech narsa aytmaydi; 3 qurilma cheklovi uchun Ha
Hisob — Google yoki Telegram bilan kirsangiz: ism, email yoki username, avatar havolasi Kirganda Ha — hisob mavjud ekan
Buyurtma — ism, aloqa (Telegram/telefon), summa, buyurtma kodi Sotib olganda Ha — xarid dalili sifatida
Texnik ko'rsatkichlar — javob vaqti, ball, xatolik Har so'rovda Ha

Prompt matni haqida aniqroq

Kengaytma siz ChatGPT, Claude yoki Gemini oynasiga yozayotgan matnni https://sayqalchi.uz serveriga yuboradi. Server uni baholaydi va yaxshilangan variantini qaytaradi.

Matnning o'zi bazaga yozilmaydi. Bazada faqat quyidagilar saqlanadi:

Buni tekshirish mumkin: ma'lumotlar bazasining events jadvalida prompt ustuni umuman mavjud emas — faqat prompt_hash va prompt_len. Kod ochiq emas, lekin bu da'vo avtomatik test bilan tekshiriladi.

2. Uchinchi tomonlar

Promptni baholash uchun u uchinchi tomon sun'iy intellekt xizmatiga yuboriladi. Bu muqarrar — tahlilni o'sha model bajaradi.

Bu xizmat xorijiy kompaniyaga tegishli: matningiz uning serveriga boradi va uning shartlariga bo'ysunadi. Agar matningiz maxfiy bo'lsa (shaxsiy ma'lumot, tijorat siri, parol), uni Sayqalchiga kiritmang.

Click — to'lov operatori. Sotib olganingizda Click’ga buyurtma kodi, summa va ismingiz uzatiladi; karta ma’lumotlaringiz faqat Click tomonida qayta ishlanadi, bizga kelmaydi.

Sahifa ko'rishlarini o'z serverimizda faqat sanoq sifatida hisoblaymiz (qaysi sahifa, qachon) — tashqi analitika xizmati yo'q.

Bundan boshqa uchinchi tomon yo'q: reklama tarmog'i yo'q, tashqi analitika yo'q, kuzatuv skriptlari yo'q.

3. Nima QILINMAYDI

4. Brauzeringizda nima saqlanadi

Kengaytma chrome.storage.local da to'rtta narsani saqlaydi:

Kengaytmani o'chirsangiz — ular ham o'chadi. Serverdagi nusxa (kalit va qurilma ro'yxati) hisobingiz mavjud ekan turadi.

5. Yuborishni to'xtatish

Kengaytma belgisini bosib o'chirib qo'ying — shundan keyin hech qanday matn yuborilmaydi. Kengaytmani butunlay olib tashlash ham mumkin.

6. Ma'lumot qancha turadi

Texnik yozuvlar (xesh, uzunlik, ball, javob vaqti) xizmat sifatini kuzatish uchun 90 kun saqlanadi, keyin avtomatik o'chadi. Veb-server logi — 14 kun. Buyurtma va litsenziya yozuvlari — xarid dalili sifatida hisobingiz mavjud ekan; o'chirishni so'rasangiz — o'chiriladi (9-band).

Kesh haqida aniq: bir xil matn qayta yuborilsa AI'ni takror chaqirmaslik uchun natija 24 soat saqlanadi. Keshning kaliti — matnning xeshi, matnning o'zi emas. Keshda faqat ball, mezonlar va umumiy tavsiyalar turadi. Qayta yozilgan variant esa umuman keshlanmaydi — u sizning matningizdagi ma'lumotni o'zida saqlab qolishi mumkin, shuning uchun diskka yozilmaydi.

7. Bolalar

Xizmat 13 yoshdan kichik bolalarga mo'ljallanmagan.

8. O'zgarishlar

Bu siyosat o'zgarsa, yuqoridagi sana yangilanadi. Jiddiy o'zgarish bo'lsa saytda e'lon qilinadi.

9. Bog'lanish

Savol yoki ma'lumotingizni o'chirish so'rovi bo'lsa Telegramda yozing: @sayqalchi_support. Buyurtma kodingizni yozsangiz tezroq topamiz. Sotib olish shartlari — ommaviy oferta.