O‘zbekcha fikr.
Inglizcha prompt.
Fikringiz o‘zbekcha, AI uchun ko‘rsatma inglizcha. Javob esa yana o‘zbekcha — tarjima bilan o‘zingiz ovora bo‘lmaysiz.
Fikringizni oddiy yozing. Sayqalchi uni baholaydi, yetishmayotganini topadi va AI uchun aniq promptga aylantiradi.
Ro‘yxatdan o‘tish shart emas · Kuniga 3 ta bepul so‘rov
Promptingizni yozing va «Baholash»ni bosing. Tahlil shu yerda paydo bo‘ladi.
Ishlatishga tayyor prompt — bir necha soniya.
Sevimli AI vositalaringiz bilan birga ishlaydi
Oddiy so‘zlar bilan. Qanday bo‘lsa, shunday.
5 mezon, aniq ball va foydali tavsiyalar.
Bir tugma. Ishlatishga tayyor natija.
AI fikringizni o‘qiy olmaydi. Lekin to‘g‘ri yozilgan prompt nima kerakligini aniq tushuntiradi.
kofeshop uchun instagram post matni yozib ber
Kim uchun, qancha uzunlikda, qanday ohangda — hech biri aytilmagan. AI o'zi o'ylab topadi, siz esa yoqmagan natijani qayta so'raysiz.
Siz ijtimoiy tarmoqlar bo'yicha 5 yillik tajribaga ega kontent mutaxassisisiz. Toshkentdagi yangi kofeshop uchun Instagram post matni yozing. Birinchi qator e'tiborni tortadigan ilgak bo'lsin, keyin 3 ta qisqa band, oxirida harakatga chaqiruv. 80–120 so'z. Ohang jonli, lekin ortiqcha hayajonsiz. Emoji ishlatmang.
Rol, auditoriya, tuzilma, hajm, ohang va cheklov — hammasi berilgan. Natija birinchi urinishdayoq ishlatishga yaroqli chiqadi.
To‘lov tasdiqlangach litsenziya kalitini olasiz. Uni Sayqalchi kengaytmasiga kiriting — to‘liq baholash va AI bilan sayqallash ChatGPT, Claude va Gemini ichida ishlaydi.
SAY-••••-••••To‘lovdan keyin olgan kalitingizni shu yerga kiritasiz.
Bir oy uchun to‘lang. Tasdiqlangach shaxsiy kalit kabinetingizda chiqadi.
Sayqalchi’ni Chrome Web Store orqali Chrome yoki Edge brauzeringizga qo‘shasiz.
O‘rnatish yo‘riqnomasiKengaytma belgisini bosing, kalitni qo‘ying va “Faollashtirish”ni bosing. Keyin AI sahifasini yangilang.
Prompt yozasiz. Ball chiqadi. Bir bosishda sayqallanadi.
Promptingiz 5 mezon bo‘yicha tahlil qilinadi. Nimani yaxshilash kerakligini aniq ko‘rasiz.
Quyidagi imkoniyatlar hali rejada yoki ishlab chiqilmoqda. Chiqqach, faol Premium muddati davomida qo‘shimcha to‘lovsiz foydalanasiz.
Fikringiz o‘zbekcha, AI uchun ko‘rsatma inglizcha. Javob esa yana o‘zbekcha — tarjima bilan o‘zingiz ovora bo‘lmaysiz.
Cursor, ChatGPT yoki Telegram. Matnni belgilang, tugmalarni bosing — Sayqalchi ishlayotgan oynangizda ochiladi.
Rezyume, dars rejasi yoki Instagram post. Kerakli ustani tanlab, uch savolga javob bering — promptni usta tuzadi.
Chiqqach, faol Premium tarifiga qo‘shiladi. Ishlab chiqish sanalari hali belgilanmagan. Shartlar ofertada (2-band).
ChatGPT yoki Claude ichida yozing. Sayqalchi promptingizni o‘sha maydonning o‘zida yaxshilaydi.
Video yuklanmadi. Qayta urinib ko‘ring.
Har to‘lov — bir kalendar oy. Click orqali o‘zingiz uzaytirasiz, kartadan avtomatik pul yechilmaydi. Bepul sinash uchun hisob shart emas.
Click orqali so‘mda to‘lanadi. Yakuniy summa va Markaziy bank kursi xarid sahifasida ko‘rsatiladi.
Promptingiz beshta mezon bo'yicha alohida baholanadi: konseptual tushunish, amaliy qo'llash, aniqlik, moslashtirish va texnik bajarish. Har mezonning o'z vazni bor, yig'indisi 100 ni beradi. Ball bilan birga qaysi mezonda nima yetishmayotgani ham ko'rsatiladi.
Dastlabki ball brauzeringizning o'zida hisoblanadi — hech qayerga yuborilmaydi. To'liq baholash uchun matn serverga boradi va u yerdan AI modeliga uzatiladi — tahlilni o'sha bajaradi. Bazamizga matnning o'zi yozilmaydi: faqat xeshi va uzunligi saqlanadi. Shuning uchun juda maxfiy ma'lumotni (parol, mijoz ma'lumoti) hech qanday AI vositasiga kiritmang. Maxfiylik siyosati
Sayqallangan prompt har qanday modelga yaraydi — u shunchaki yaxshi yozilgan matn. Brauzer kengaytmasi esa hozircha ChatGPT, Claude va Gemini sahifalarida ishlaydi.
Har bir to‘lov bir kalendar oy beradi. Kabinetdagi “Bir oyga uzaytirish” tugmasi orqali Click’da to‘laysiz. Kartadan avtomatik pul yechilmaydi. Oldindan uzaytirsangiz, qolgan muddat saqlanadi; muddati tugasa, Premium qayta to‘laguningizcha to‘xtaydi.
Tarif $2.49/oy. Click so‘mda to‘lov qabul qiladi. Xarid sahifasida Markaziy bank kursi, sanasi va yaxlitlangan yakuniy summa ko‘rsatiladi; buyurtma yaratilgach summa saqlanadi.
Avval sotib olingan muddatsiz kalitlar o‘z shartlarini saqlaydi. Sizdan oylik to‘lov talab qilinmaydi. Yangi oylik tarif yangi xaridlar uchun.
Yozasiz. Muammo bilimda emas — shoshilishda. Har safar rol, auditoriya, hajm va cheklovni yozib o'tirish zerikarli, shuning uchun odam qisqa yozadi va yomon javob oladi. Sayqalchi shu ishni sizning o'rningizga bajaradi.
Ro'yxatdan o'tish ham, karta ham kerak emas.
Sinab ko'rish