Sayqalchi

Kengaytmani o'rnatish

Chrome Web Store orqali o‘rnating, so‘ng litsenziya kalitingiz bilan faollashtiring.

  1. Kengaytmani o'rnating

    Kengaytma Google tekshiruvida. Tasdiqlangach shu tugma orqali o‘rnatasiz.

  2. Belgisini ko'rinadigan qiling

    Chrome'ning o'ng yuqorisidagi 🧩 tugmasini bosing, ro'yxatdan Sayqalchi ni toping va yonidagi qadoq belgisini bosing. Shundan keyin belgi doim ko'rinib turadi.

  3. Kalitingizni kiriting

    Sayqalchi belgisini bosing, kalitni qo'ying va Faollashtirish tugmasini bosing.

    Kalitingiz yo'qmi? Buyurtmangizni tekshiring yoki sotib oling.

Ishladimi?

ChatGPT, Claude yoki Gemini'ni oching va prompt yozishni boshlang. Yozishni to'xtatganingizdan bir soniya keyin oynaning ustida ball paydo bo'ladi.

Ishlamayaptimi?

Ball chiqmayapti — sahifani yangilang (Cmd/Ctrl + R). Kengaytma sahifa ochilganda ulanadi.
«Kalit tan olinmadi» — kalitni to'liq, chiziqchalari bilan qo'ying: SAY-XXXX-XXXX.
«Qurilma limiti» — bitta kalit 3 ta kompyuterda ishlaydi.

← sayqalchi.uz Maxfiylik Buyurtma holati